MUSTAQILLIK DAVRI BOLALAR SHE’RIYATIDA NOVATORLIK JARAYONLARI
Keywords:
bolalar she’riyati, milliy adabiyotda, estetik talablariAbstract
Bolalar adabiyoti, aytganimizdek, yengil adabiyot emas. Bolalar adabiyoti – bu adabiyotning boshlanish, adabiyotning tug‘ilish nuqtasidir. Chunki adabiyotga mehr aynan shu davrda boshlanadi, obrazli tafakkur, poetik tasavvur uchun aynan shu davr motivatsiya beradi, adabiy-badiiy qarashlar shakllanishiga zamin hozirlaydi. Bu o‘z navbatida, ijodkordan shunchaki ma`naviy-ma`rifiy qarashlar singdirilgan fikrlar majmuyini emas, balki unga badiiy asar huquqini beruvchi eng asosiy jihat, ya`ni badiiylik, badiiy mahorat bilan yondashishni talab qiladi. Zero, “Badiiylik adabiy asar uchun ilova yoxud qo‘shimcha emas, balki asarning shunday zaruriy shartiki, u asarni san`at olamiga olib kiradi, uning badiiy asar deb atalishiga huquq beradi