TOPONIMLARNI MORFOLOGIK VA ETIMOLOGIK TAHLIL QILISHNING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Soxiba Abdullayeva Author

Keywords:

toponim, toponimiya, morfologik model, etimologik tahlil, so‘z yasalishi, joy nomlari

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek tili toponimlarining morfologik va etimologik xususiyatlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida Samarqand viloyati hududidagi 120 ta eng faol joy nomi tanlab olindi va ularning lisoniy tabiati hamda so‘z yasalish qonuniyatlari o‘rganildi. V.D. Belenkaya va S. Qorayev kabi yetakchi onomast olimlarning konseptual yondashuvlariga tayanib, o‘zbek toponimiyasining tarkibiy-semantik modellari sodda, hosila va murakkab guruhlarga ajratilgan holda tasniflangan. Shuningdek, maqolada joy nomlarining farqlanish xususiyatlari ochib berilib, toponimikaning amaliy geologik hamda iqtisodiy qidiruv ishlaridagi lingvistik manba sifatidagi ahamiyati Kumushkon, Konsoy kabi lokal obyektlar etimologiyasi misolida asoslab berilgan. Maqola natijalari toponimik birliklarni lug‘at ko‘rinishida qayta ishlash va tarixiy tilshunoslik tadqiqotlarini boyitishga xizmat qiladi

Downloads

Published

2026-06-06