MIRZO ULUG‘BEK DAVRIDA ILM-FAN TARAQQIYOTI
Keywords:
Temuriylar davri, ilm-fan taraqqiyoti, astronomiya, Samarqand rasadxonasi, Ziji Jadidi Ko‘ragoniy, matematika, ilmiy merosAbstract
Mazkur maqolada Mirzo Ulug‘bek davrida ilm-fan taraqqiyoti, ayniqsa astronomiya, matematika va boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishi yoritib beriladi. Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatning yuksalishida Mirzo Ulug‘bekning o‘rni alohida ahamiyat kasb etgan. U nafaqat davlat arbobi, balki buyuk olim sifatida ham ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan. Samarqand shahrida qurilgan rasadxona, tashkil etilgan madrasalar va ilmiy maktablar natijasida ko‘plab olimlar yetishib chiqqan. Maqolada Mirzo Ulug‘bekning ilmiy faoliyati, uning rahbarligida olib borilgan astronomik kuzatishlar hamda “Ziji Jadidi Ko‘ragoniy” asarining ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu davrda yashab ijod qilgan mashhur olimlarning ilmiy faoliyati ham yoritiladi. Mirzo Ulug‘bek davri Sharq uyg‘onish davrining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, bu davrda ilm-fan rivoji jahon ilmiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan












